22:31 / 05.12.2016
8020

Google favqulodda vaziyatlarda yaqinlarni izlaydigan ilovani ishga tushirdi

Foto: © AP

Amerikaning Google korporatsiyasi favqulodda holatlarda yaqinlarni izlashga yordam beruvchi Trusted Contacts ilovasini ishga tushirdi. Bu haqda Mashable xabar bermoqda. Dastur foydalanuvchiga o‘zining joyi to‘g‘risida do‘stlari va qarindoshlariga ma'lumot yuborish imkonini beradi.

Ilovada ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, telefondagi manzillar kitobidan kerakli odamlarni topib, belgilab qo‘yish zarur hisoblanadi. «Bu sizga istalgan vaqtda turgan joyingiz to‘g‘risida ma'lumot uzatish imkonini beradi», – deb yozmoqda nashr.

Trusted Contacts ilovasi Apple’ning Find My Friends  va boshqa ilovalardan farqi u ma'lumotlarni hammaga emas, balki bitta yoki barcha ishonchli odamlarga uzatadi.

Dastur oflayn rejimida ishlashga moslashtirilgan. Bunday holatda ilova foydalanuvchining o‘ziga ma'lum eng so‘nggi joyi haqidagi ma'lumotni uzatadi.

 

Top