09:10 / 05.12.2016
5632

Italiya IIV referendum natijalarini e'lon qildi

Foto: © REUTERS/ Paolo Lo Debole

Apennin yarimorolida bo‘lib o‘tgan referendumda ovoz berganlarning 60 foizga yaqini konstitutsiya islohotiga qarshi chiqqan. Ushbu islohot bosh vaziri Matteo Rentsi tashabbusi bilan o‘tkazilishi kerak edi. Italiya ichki ishlar vazirligi saytida e'lon qilingan ma'lumotlar referendumning dastlabki natijalariga oydinlik kiritgan. 

95 foiz ovoz byulletenlari sanalganidan keyin ma'lum bo‘lishicha, 59,71 foiz saylovchi konstitutsiyaga o‘zgartirish loyihasiga qarshi fikr bildirgan. 40,9 foiz kishi islohot o‘tkazishni ma'qullagan. 

IIV ma'lumotlariga ko‘ra, saylovchilarning 68 foizdan ortig‘i o‘z fuqarolik huquqidan foydalangan. 

Italiyadagi ushbu referendum bosh vazir Matteo Rentsi tomonidan 2014 yilda taklif etilgan konstitutsiyaviy islohot bo‘yicha o‘tkazilgan edi. Hukumat qonun loyihasi Respublika Senati vazifasi va vakolatlarini o‘zgartirishni nazarda tutar  edi. U ikki yil mobaynida milliy parlamentda muhokama qilinib, shu yilning aprelida ma'qullangandi. 

 

Top