18:11 / 05.12.2016
4336

Qohira “dabdaba buyumlari”ning import bojini oshirdi

Foto: RIA "Novosti"

Qohira “dabdaba buyumlari”ning kirish bojini 40-60 foizga oshirdi. Ro‘yxatga 320 buyum kirgan. Bu haqda TASS Misrning “Al-Ahram” gazetasiga tayangan holda xabar bermoqda.

Savod va sanoat hamda moliya vazirlari Tariq Kabil va Amr al-Garxining xabar berishlaricha, yuqori miqdordagi bojlarni kiritish Misrga olib kirilayotgan mahsulotlar importini qisqartirish va milliy ishlab chiqaruvchini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilgan.

“Vaziyat import hajmini qisqartirish va milliy ishlab chiqaruvchini Misrning boshqa mamlakatlar bilan xalqaro savdo kelishuvlariga ziyon yetkazmagan holda rag‘batlantirishni talab qildi”, - deya ta'kidlashgan vazirlar.

Amaldorlarning aytishicha, olib kiriluvchi bojlarning oshirilishi davlat g‘aznasi daromadini 338 million dollarga oshirish imkonini beradi.

Avvalroq, Misr neft-gaz sohasiga 30 milliard dollar miqdoridagi sarmoyani jalb qilish niyatida ekani xabar berilgandi.
 

Top