13:18 / 05.12.2016
30622
Kun.uz ekzit-polli: Sayt o‘quvchilari kimga ovoz berganini ma'lum qildi
Foto: O‘zA

4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasida prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, ovoz berishlar to‘xtatilgan soat 20:00 holatiga, O‘zbekiston Prezidenti saylovida ovoz bergan saylovchilar soni 17 million 941 ming 955 nafarni yoki ro‘yxatga olingan barcha fuqarolarning 87,83 foizini tashkil etdi.

Kun.uz nashri o‘z o‘quvchilari orasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun ko‘rsatilgan nomzodlarning qaysi biriga ovoz bergani borasida o‘ziga xos so‘rov o‘tkazdi. Ushbu so‘rovnomada jami 3514 nafar kishi ishtirok etdi.

Shu soatgacha olingan natijalarga ko‘ra: 

1. Shavkat Mirziyoyevga -85.43 foiz;
2. Sarvar Otamuratovga - 8.20 foiz;
3. Narimon Umarovga - 3.30 foiz;
4. Xatamjon Ketmonovga - 3.07 foiz Kun.uz o‘quvchisi ovoz bergan.

Eslatib o‘tamiz: Bo‘lib o‘tgan saylovning rasmiy natijasi bugun, 5 dekabr kuni soat 16:00da Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e'lon qilinadi va saytimiz orqali yetkaziladi.

Top