10:02 / 05.12.2016
6196

"Osiyo yuragi " davlatlari afg‘on qochqinlarini uylariga barvaqt jo‘natmaslikka chaqirdilar

Foto: © RIA Novosti

"Istanbul jarayoni" anjumani davlatlari o‘zlarida afg‘on qochqinlarini qabul qilgan davlatlarni toki qochqinlarning jamiyatga muvaffaqiyatli reintegratsiya qilinishlari uchun sharoitlar yaratilmaguncha, ularni Afg‘onistonga jo‘natmaslikka chaqirdilar. Bu haqda Amritsarda o‘tayotgan "Osiyo yuragi" 6-anjumanida qabul qilingan deklaratsiyada aytilgan.

"Biz barcha davlatlarni Afg‘onistonda erkin, xavfsiz, bosqichma-bosqich tarzda, ularning qadr-qimmatlariga hurmat bilan repatriatsiya va reintegratsiya mumkin bo‘lmaguncha, afg‘on qochqinlarini chiqarib yubormaslikka chaqiramiz", deyilgan deklaratsiyada.

Ko‘pchiliklari Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgan Eron va Pokistonda bo‘lgan, rasmiy maqom olmagan, hujjatining amal qilish muddati yakunlangan hamda noqonuniy yo‘l bilan Pokiston hujjatlarini olgan afg‘on qochqinlarining o‘z uylariga qaytarilishlari masalasi joriy yilda Pokistonning ularni chiqarib yuborish bilan bog‘liq harakatlari sabab yuzaga keldi. 

"Osiyo yuragi" anjumani har yili o‘tkaziladi hamda "Istanbul jarayoni" deb ham yuritiladi. Bu formatdagi birinchi anjuman 2011 yil noyabrda Istanbulda bo‘lib o‘tgan. Afg‘onistonning qo‘shnilarini (ham chegaradosh davlatlar, ham mintaqadagi yirik davlatlar) birlashtiruvchi bu anjumanning maqsadi Afg‘onistondagi vaziyatni u bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish orqali barqarorlashtirish hisoblanadi. 

Top