9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

16:06 / 05.12.2016 97131

Saylov natijalari e'lon qilindi

Foto: Kun.uz

Markaziy Saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov O‘zbekiston prezidenti saylovi natijalarini ma'lum qildi.

Uning ma'lum qilishicha, saylovda 17 million 951 ming 667 saylovchi ishtirok etdi va davomat 87,3 foizni tashkil qildi.

MSK raisi saylovchilarning 88,61 foizi Liberal-demokratlar partiyasi nomzodi Shavkat Mirziyoyev uchun ovoz berishganini e'lon qildi. Shavkat Mirziyoyev nomzodini 15 906 724 kishi qo‘llab-quvvatlagan. Endilikda ushbu nomzod keyingi 5 yil muddatda O‘zbekiston prezidenti hisoblanadi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi vakili Xatamjon Ketmonov va O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi vakili Narimon Umarov mos ravishda 3,73 (669 187 kishi) va 3,46 foizdan (619 972 kishi) ovoz to‘pladi.

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan nomzod bo‘lgan Sarvar Otamuratov 2,35 foizi ( 421 ming 55 nafar saylovchi) ovozi bilan to‘rtinchi bo‘ldi.

Top