18:15 / 05.12.2016
5772

Tramp o‘z vazirlar mahkamasi tarkibiga birinchi afroamerikalikni kiritdi

Foto: Reuters

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp sobiq neyrojarroh Ben Karsonni AQSh uy-joy qurilishi va shahar rivojlanishi vaziri etib tayinladi, deb xabar beradi The Washington Post.

“Men juda hayajondaman va doktor Ben Karsonni yangi uy-joy qurilishi va shahar rivojlanishi vaziri etib tayinlashdan xursandman”, - ma'lum qildi Tramp.

Ta'kidlanishicha, Karson yangi vazirlar mahkamasidagi birinchi afroamerikalikka aylangan.

Ben Karson — amerikalik shifokor-neyrojarroh va yozuvchi, dunyoda birinchi bo‘lib ensaga oid siam egizaklarini ajratgan.

Avvalroq, Respublikachilar partiyasidan praymerizda qatnashgan Ben Karson Trampning taklifini qabul qilgani xabar berilgandi.

Top