08:42 / 06.12.2016
4208

Amazon kassirlarsiz birinchi do‘konini ochishni rejalashtirmoqda

Foto:wsj.com

Amazon kompaniyasi AQShda kassa va kassirlarsiz ishlovchi oziq-ovqat do‘konlarini ochmoqchi ekanligini e'lon qildi. Bu haqda kompaniya saytida aytildi.    

AQSh kompaniyasi bunday do‘konlarni Amazon Go deb atadi. Bu do‘konlarda xaridlar smartfonlarda o‘rnatilgan dastur orqali amalga oshiriladi. Xaridor smartfonni do‘konga kirishdagi turniketga qo‘yib, do‘konga bemalol kira oladi va o‘zini qiziqtirgan mahsulotlarni tanlay oladi.   

Bunda Amazon mashinaviy o‘qitish, kompyuter yordamida ko‘rish va sun'iy ong yordamida tanlangan mahsulotlar haqida axborotni to‘playdi, xaridor do‘kondan chiqqandan keyin unga xaridlar smartfonga bog‘lab qo‘yilgan bank kartasi orqali amalga oshirilgani haqidagi xabar keladi.

Kompaniya dastlabki sinovlar doirasida bunday do‘konni Sietlda o‘z xodimlari uchun ochdi, bu do‘kon oddiy xaridorlar uchun 2017 yildan boshlab ishlaydi.

 

Mavzuga oid
Top