10:10 / 06.12.2016
4438

Amerikalik erkak ikki yoshli o‘g‘lini o‘ldirgani uchun umrbod ozodlikdan mahrum etildi

Foto: Reuters

Amerikaning Jorjiya shtatidagi Kobb okrugi sudyasi ikki yoshli o‘g‘lining qotilligida ayblangan erkakni umrbod ozodlikdan mahrum etdi. Bolakay yetti soat davomida mashinada qoldirib ketilgan, deb xabar beradi Assoshieyted Press.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, eshituvlar davomida prokurorlar Jastin Ross Xarris oilaviy hayot mas'uliyatidan qochish uchun atayin o‘z bolasini o‘ldirganini ma'lum qilishgan. Himoyachilar esa uning o‘limi baxtsiz xodisa bo‘lganini aytib o‘tishdi.

Avvalroq, Jorjiya shtati sudi Xarrisni o‘g‘lining o‘limida aybdor deb tan olib, bolaga nisbatan o‘ta shafqatsiz munosabatda bo‘lganligini ham ma'lum qilgan.

Ma'lumot uchun, Xarris o‘g‘lini 2014 yilning iyunida mashinaning orqa o‘rindig‘ida qoldirib ketgan. OAV ma'lumotiga ko‘ra, u ishga ketib, bir kun davomida ofisda bo‘lgan. Bola esa bu vaqt davomida avtomobilda qolgan. O‘sha kuni Xarris olti nafar ayol, jumladan bir nafar voyaga yetmagan qiz bilan turli yozishmalarni amalga oshiradi. Taxminan soat 4 da u kinoteatrga film ko‘rish uchun ketib, o‘g‘li mashinada ekanini payqab qolgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, erkak juda g‘azablanib, hattoki baqirgan.
 

Mavzuga oid
Top