14:50 / 06.12.2016
6150

YeChL anonsi. V guruhi. Ikki yo‘llanma uchun uch da'vogar

Seshanba kuni Yevropa chempionlar ligasining guruh bosqichi so‘nggi tur uchrashuvlariga start beriladi. 6-tur oldidan haqiqiy intriga saqlanib qolgan V guruhi anonsi bilan Tribuna.Uz tanishtiradi.

V guruhi

DINAMO KIYeV – BeShIKTOSh (00:45, Match! Arena)
Bosh hakam:
Kreyg Tompson (Shotlandiya)

Da'vogar uchlik ichida eng oxirgi o‘rinda qayd qilingan bo‘lishiga qaramay, «Beshiktosh» keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lib turibdi. Shenol Go‘nesh shogirdlari Kiyevdan g‘alaba bilan qaytishsa, kifoya, narigi o‘yin natijasi ular uchun faqat guruhdagi 1-2 o‘rin masalasini hal qilib beradi. Rebrov jamoasi esa barcha imkoniyatlarini yo‘qotib bo‘lgan.

Ikkala jamoa ham so‘nggi paytlarda mahalliy chempionatda sinxron natija qayd qilib kelyapti. Durang, keyin g‘alaba, keyin yana durang. So‘nggi turda «Beshiktosh» Istanbul derbisida «Fenerbahche» bilan nursiz hisob (0:0) qayd qilgan bo‘lsa, Vorsklada qorli stadionda kiyevliklar shahar jamoasi bilan 2:2 hisobida durang o‘ynashgan.

Mezbonlar tarkibida Valeriy Fedorchuk va Daniloda jarohat bor. Mehmonlar tarkibida esa shunday muammoga duch kelgan futbolchilar soni uchta: Janer Erkin, Taliska va Rodolfo. Qolgan chiziqlarda jamoa jangovar tarkib bilan harakat qilishga shay bo‘lib turibdi.

BeNFIKA – NAPOLI (UzReport TV, 00:45 Match! Futbol 2)
Bosh hakam:
Antonio Metyu Laos (Ispaniya).

Kunning tom ma'noda markaziy uchrashuvi. Pley-off yo‘llanmasi o‘ynaladigan o‘yin. O‘z uyida qayd etgan ajoyib natijasi (4:2) sabab bu uchrashuvda italiyaliklarni durang ham qanoatlantiradi. «Benfika» esa faqat va faqat g‘alaba qozonishi kerak bo‘ladi.

O‘yin oldidan lissabonliklarning kayfiyatini yaxshi deb bo‘lmaydi. YeChL haqida shunchalik qattiq o‘ylab yuborishdi shekilli jamoa o‘tgan hafta ichki birinchilikda kutilmaganda «Maritimu»ga imkoniyat boy berildi – 1:2. Maurisio Sarri jamoasi esa Portugaliyaga ajoyib natija bilan yetib keldi. Azaliy raqiblardan biri «Inter» o‘tgan haftada Neapolda tor-mor etildi – 3:0.

Jarohatlar bo‘yicha ham «Benfika»ning omadi chopmagan. Jamoaning asosiy o‘yinchilari Elizeu, Aleks Grimaldo, Andre Horta bugun jamoasiga yordam bera olmaydi. «Napoli»da esa endi yangilik bo‘lmay qolgan Arkadiush Milikning uzoq vaqtdan buyon davolanayotganini hisobga olmasa jangovar tarkib o‘yinga shay.

Mavzuga oid
Top