14:04 / 06.12.2016
7735

Elektrokardiagramma oluvchi "aqlli" soatlar taqdim qilindi

Foto: hi-tech.mail.ru

Cronovo Inc. elektrokardiagramma (EKG) olish uchun maxsus elektrodlari bo‘lgan "aqlli" soatlarni yaratdi. Loyiha uchun kerakli mablag‘ni Kickstarter sayti orqali yig‘ish yo‘lga qo‘yilgan.  

Cronovo soatlari dumaloq AMOLED-displey-siferblatga ega klassik dizaynda ishlangan. Korpusdagi elektrodlar yurakning ishlashi grafik tasviri – elektrokardiagramma olish uchun ishlatiladi. Kompaniya o‘lchash aniqligi 99,9 foizligini aytmoqda.

EKG olish sportchilar, bemorlar va masofadan turib bemorlar bilan ishlovchi shifokorlarga yordam beradi. Biroq gadjyet tibbiyot asbobi sifatida qayd qilinmagan, uning ko‘rsatmalarini faqatgina tanishish uchun qo‘llash o‘rinlidir.

Umuman esa bu oddiy "aqlli" soatlardir. Ular Android negizidagi Gmate OS tizimida ishlaydilar. Qurilma namdan himoyalangan, bosilgan qadamlar sonini, sarf qilingan kaloriyalar miqdorini o‘lchaydi, uyqu, organizmdagi kilorod darajasi va yurak urishi chastotasini kuzatadi. Qurilma avtonom ravishda 3 kun ishlay oladi. Cronovo soatlari Android va iOS’da ishlovchi qurilmalar bilan Bluetooth 4.2 orqali ishlay oladi.

Soatning silikon kamarli versiyasini buyurtma bilan 84 yevrodan, metall bilakuzuklisini esa 104 yevrodan xarid qilish mumkin. Soat 2017 yil noyabrida yetkazib berilishi boshlanadi. 

Soatni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan pul barvaqt yig‘ib bo‘lindi. Mablag‘ yig‘ish kampaniyasi yana 54 kun davom etadi.

Mavzuga oid
Top