11:58 / 06.12.2016
6799

Gvardiola «Manchester Yunayted» APLda qaysi o‘rin uchun kurashishini aytdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning hisoblashicha, mavsum startidagi muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, «Manchester Yunayted» klubi chempionatni chempionlar ligasi hududida tugatishi mumkin.

«Manchester Yunayted»ning «Old Trafford»dagi bir nechta o‘yini, jumladan, «Stok Siti», «Byornli» bilan (har ikki o‘yin - 1:1 hisobida yakunlangan) o‘yinlarni ko‘rdim. O‘sha uchrashuvlarda «MYu» g‘alabaga loyiq edi, ammo futbol shunaqa.

Albatta, bu yuqori saviyadagi, tarixga ega klub. U yerda kuchli futbolchilar va murabbiylar bor. APLda chempionlik uchun kurash uzoq davom etadi, shuning uchun ularga bu borada kurashishi qiyin bo‘ladi, ammo jamoa top-4 uchun albatta kurashishi mumkin», - deya Gvardioladan iqtibos keltiradi FourFourTwo.

Top