08:13 / 06.12.2016
3440

Xitoy missiyasi saylovlarda O‘zbekiston OAV faolligiga urg‘u berdi

Xitoyning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentlik saylovlaridagi kuzatuv missiyasi raisi Vay Go Shen  matbuot markazida saylov natijalari bo‘yicha hisobot berdi. U XXRning 20 nafar kuzatuvchisi Toshkent shahri va O‘zbekistonning turli viloyatlaridagi 77 saylov uchastkasida bo‘lganini ta'kidladi. 

Vay Go Shen yurtimizdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlariga tayyorgarlikni yuksak baholadi. Saylovdagi barcha jarayonlarning qonunchilikka to‘la muvofiq, professional tarzda o‘tganligini ma'lum qildi. 

Shuningdek Xitoy delegatsiyasi saylov oldi kampaniyalariga alohida e'tibor qaratdi. Har bir partiya nomzodi haqida o‘z vaqtida teng ma'lumotlar berib borilganligi ta'kidlandi. O‘zbekiston OAV faolligiga urg‘u berildi. 

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari demokratiya va oshkoralik tamoyillariga to‘liq muvofiq ravishda o‘tkazildi", - dedi XXR delegatsiyasi raisi. 

Vay Go Shen saylovlarni kuzatish jarayonida yaratilgan imkoniyatlar uchun Markaziy saylov komissiyasiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. 

 

Mavzuga oid
Top