20:54 / 06.12.2016
5236

Ilhom Aliyev Ozarboyjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sherikchilik rivojlanishda davom etishiga ishonch bildirdi

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Shavkat Mirziyoyevga davlat rahbari lavozimiga tayinlangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Ozarboyjon rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

«O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylanishingiz bilan chin yurakdan tabriklayman. Ishonchim komilki, bizning hamkorlikdagi harakatlarimiz Ozarboyjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sherikchilik, har tomonlama hamkorlik va ko‘p rejali aloqalarni yanada rivojlantirishga yo‘naltiriladi», — deyiladi tabrikda.

Ilhom Aliyev Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik va davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Top