09:40 / 06.12.2016
5879

Kissinjyerni Pekin Tramp va Tayvan rahbari o‘rtasidagi muloqotdan keyin ham xotirjam qolishi hayron qildi

© RIA Novosti

AQSh sobiq davlat kotibi Genri Kissinjyer AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp va Tayvan ma'muriyati rahbari Tsay Inven o‘rtasidagi telefon muloqotidan keyin Xitoy tomoni o‘zini xotirjam tutganidan hayronligini ma'lum qildi.

"Bu muloqot Xitoy va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarga shikast yetkazmasligiga ishonch bildirib o‘zini xotirjam tutayotgan Xitoy tomonining pozitsiyasi menda katta taassurot qoldirmoqda", — deya Kissinjyerning so‘zlarini keltirgan Reyter agentligi.

Donald Tramp 2 dekabr kuni Twitter’dagi sahifasi orqali saylovlardagi g‘alabasi bilan qutlash uchun Tayvan prezidenti Tsay Invenning o‘zi unga qo‘ng‘iroq qilganini bildirdi. 

Bu AQSh va Tayvan prezidentlarining ikki davlat 1979 yilda diplomatik aloqalarni uzganidan keyingi birinchi muloqoti

Oq uy ushbu suhbat haqida oldindan ogohlantirilmagan. Bu haqda yangiliklar paydo bo‘lganidan so‘ng ma'muriyat «yagona Xitoy» siyosati tarafdori bo‘lib qolishi va Pekinni qo‘llab-quvvatlashini bildirishga shoshildi.

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I AQShning saylangan prezidenti va Tayvan prezidenti o‘rtasidagi muloqot ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga ziyon yetkazmasligiga umid bildirdi. U Tramp va Tsay Inven o‘rtasidagi telefon orqali muloqot «bor-yo‘g‘i kichik mug‘ombirlik» bo‘lgani haqida gapirdi.

Kissinjyer prezident Richard Nikson (1969—1974) ma'muriyatida prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan, 1973-1977 yillarda esa AQSh Davlat kotibi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. U Niksonning 1972 yili Pekinga tashrifi va uning XXR raisi Mao Tszedun bilan uchrashuvi tashkilotchilaridan biri bo‘lgandi. Bu amerikaliklar prezidentining kommunistik Xitoyga ilk tashrifi edi. Ikki mamlakat o‘rtasida 1979 yilda diplomatik aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Shundan beri AQSh Tayvanni Xitoy tarkibida hisoblay boshlagan.

92 yoshli Kissinjyer o‘z vaqtida AQSh va sobiq ittifoq munosabatlaridagi keskinlikni yumshatish tashabbuskori bo‘lgan. 1973 yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini olgan.

Top