11:07 / 06.12.2016
3174

Los-Anjyeles metrosida portlash ro‘y berishi mumkinligi tufayli xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Foto: AFP

Los-Anjyeles (Kaliforniya shtati) hukumati dushanba kuni portlash ro‘y berishi mumkinligi haqida ma'lumot paydo bo‘lganidan so‘ng, qo‘shimcha xavfsizlik choralarini qabul qildi. Xabarda aytilishicha, noxush holat megapolis metropolitenida ro‘y berishi mumkin, deb yozadi Associated Press (AP) agentligi.

FQBning Los-Anjyeles shahridagi bo‘linmasi direktori o‘rinbosari Dirdri Faykning xabar berishicha, byuro xodimlari qandaydir xorijlik sheriklardan tegishli ogohlantirish olishgan. Tayyorlanayotgan hujum bir kecha-kunduzda "Yuniversel-siti" stansiyasida ro‘y berishi mumkin. Faykning so‘zlariga ko‘ra, hozircha ma'lumotning to‘g‘riligi tasdiqlanmagan, biroq hukumat qo‘shimcha choralarni ko‘rish bilan band.

AP’ning ta'kidlashicha, ayni damda shahar metro va ko‘rsatilgan stansiyada patrul xizmati kuchaytirilgan. Mahalliy sherif yordamchilari, fuqarolik kiyimidagi huquq-tartibot idoralari xodimlari va kinologlar barchani tekshiruvdan o‘tkazmoqda. 

Top