17:59 / 06.12.2016
11087

O‘zbekiston MTJ Yevropa terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin

O‘FF rasmiy saytining xabar berishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2017 yilning 21-24 yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Bu yig‘in doirasida terma jamoa Gruziya termasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

O‘FF rasmiy sayti ma'lumotiga ko‘ra, mazkur uchrashuv 2017 yilning 23 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Bo‘lajak o‘yin O‘zbekiston terma jamoasi uchun JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi, ikkinchi davrasiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

Bundan avvalgi xabarlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12 fevral kuni Turkiyaning Antaliya shahrida Armaniston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi haqida aytilgandi.

Qayd etish kerakki, Gruziya terma jamoasi Yevropa qit'asidan JCh–2018 saralash bosqichi D guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, 2 ochko to‘plagan holda 6ta jamoa orasida 5-o‘rinda bormoqda.

Samvel Babayan murabbiyligi ostidagi terma jamoa JCh–2018 uchinchi saralash bosqichi o‘yinlarini 2017 yilning 23 mart kuni Suriyaga qarshi safardagi o‘yin bilan davom ettiradi. 

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi A guruhi 5-turidan so‘ng 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Guruh peshqadami Eron hisobida 11 ochko, ikkinchi o‘rinda borayotgan Janubiy Koreyada 10 ochko mavjud. 

Mavzuga oid
Top