13:21 / 07.12.2016
6516

IKEA mebel ishlab chiqarish bo‘linmalarini 5 milliard yevroga sotib yubordi

Foto: The Telegraph

KEA do‘konlarining operatori sanaluvchi IKEA Group Niderlandiyaning Inter IKEA Holding muhim bo‘linmalarini 5,2 milliard yevroga sotib yubordi. Bu o‘sish hajmini tiklash maqsadida amalga oshirilgan, deb xabar berdi Reuters.

«Kontseptsiya va amaldagi tuzilma 1980 yillar avvalida tashkil qilingandi. U umuman boshqa davr bo‘lgan. Hozirgi paytdagi eng asosiy maqsadimiz - o‘sish darajasini oshirish va mijozlarimizga sifatli xizmat ko‘rsatishdan iborat», - deya ma'lum qildi Inter IKEA bosh direktori Torbern Loof.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday kelishuv juda kerak bo‘lgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Inter IKEA tashabbusi bilan amalga oshirilgan kelishuv IKEA Group daromadini 5,4 milliard dollarga oshirish imkonini berdi.

Top