14:41 / 07.12.2016
6658

Qozog‘istonning Aqto‘besida keng qamrovli maxsus amaliyot o‘tkazilmoqda

Foto: Sputnik

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari Aqto‘beda maxsus amaliyot o‘tkazmoqda, deb ma'lum qildi respublika axborot va kommunikatsiyalar vaziri Dauren Abayev. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bergan.

«Ha, biz Aqto‘beda milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilayotganini tasdiqlaymiz», - degan u.

Ta'kidlanishicha, amaliyot tafsilotlari keyinroq oshkor etiladi.

Top