21:14 / 07.12.2016
18587

Mutaxassis Tramp siyosati tufayli dollar zaiflashishini bashorat qilmoqda

Foto: Adek Berry/AFP

2017 yil dollar kursi AQShning yangi prezidenti etib saylangan Donald Tramp ma'muriyatining mudofaa va infratuzilmaga xarajatlarni oshirishi tufayli pasayishi mumkin. Bu haqda Templeton Emerging Market investiya jamg‘armasi rahbari Mark Mobius Bloomberg axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

AQSh dollarining zaiflashishi AQSh iqtisodiyoti o‘sishi tezlashishi bilan birga rivojlanayotgan bozorlarga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. "Agar dollar kuchaymasdan, zaiflashsa, hayron bo‘lmang. Agar Tramp AQSh sanoatini raqobatbardosh qilishni istasa, unga zaif dollar kerak", deb aytdi Mobius.

O‘z navbatida, Goldman Sachs prezidenti Gari Konning aytishicha, dollarning kuchayishi AQSh ishlab chiqaruvchilari uchun xatar yaratadi, chunki import qilinuvchi mahsulotlar raqobatbardoshroq bo‘ladi.

5 dekabrda Bloomberg axborot agentligi Oxford Economics tahliliy markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini chop etdi, unga ko‘ra Donald Tramp "jahon iqtisodiyoti uchun eng katta xatar" hisoblanadi. Respondentlarning yarmidan ko‘pi oxirgi 3 oy ichida AQShda keskin iqtisodiy pasayish imkoniyati ancha o‘sganini qayd qilib o‘tishgan.

 

Top