17:18 / 07.12.2016
16458

OAV: Obama prezidentlik vaqtida ta'til uchun qancha mablag‘ sarflagani ma'lum bo‘ldi

Foto: AFP

AQShning amaldagi prezidenti Barak Obama o‘zining sakkiz yil prezidentlik davrida ta'til uchun 85 mln dollardan ziyod mablag‘ ishlatgan. Bu haqda The Daily Mail yozmoqda.

Judicial Watch nashriga ayon bo‘lishicha, Obama oilasi yiliga 10 million dollar mablag‘ni dam olish uchun sarflagan.

Ko‘rsatib o‘tilgan summa oilaning xavfsizligini ta'minlashga, parvozlarga, shuningdek, mashina hamda mehmonxona nomerlariga, AQSh maxfiy xizmati xodimlariga xarajat qilingan.
Ma'lum qilishlaricha, bu summa yakuniy emas. Prezident oilasi har yili Gavayi orolida Rojdestvo bayramini nishonlaydi va bu yil ham bundan mustasno emas. Judicial Watch ma'lumotiga ko‘ra, oila 2015 yilgi ana shunday bayramga 4,8 mln dollar mablag‘ sarflagan.

 

Top