09:29 / 07.12.2016
8855

OAV: Samsung Galaxy S8 haqida ba'zi tafsilotlar ma'lum bo‘ldi

Foto: Chris Welch

Yangi Samsung Galaxy S8 smartfoni quloqchinlar uchun an'anaviy raz'yomsiz chiqarilishi mumkin, deb xabar bermoqda The Verge.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Samsung navbatdagi smartfonini qurilmani quvvatlash va musiqa tinglashga imkon beruvchi USB Type-C raz'yomi bilan jihozlaydi.

Shuningdek, smartfon stereodinamiklar bilan butlanadi va unda go‘yoki "Uyga (Home) tugmasi bo‘lmaydi. Bundan tashqari, barmoq izlari skaneri joriy qilinishi mumkin. 

Bu axborot hali na rasman tasdiqlangan va na inkor etilgan.

 

Mavzuga oid
Top