22:33 / 07.12.2016
10512

Obama: “Qizlarimiz bizni tashlab ketishi mumkin, ammo Oq uyni emas”

AQSh prezidenti Barak Obama People jurnaliga ma'lum qilishicha, uning qizlari Maliya va Sasha ota-onasini tashlab ketishga tayyor, faqat Oq uyni emas. Davlat rahbari nashrga intervyuni rafiqasi bilan birga bergan.

Maliya va Sasha Oq uy hayotini sog‘inadimi, degan savolga Obama qizlarimiz ota-ona uyini tashlab chiqishga tayyor, chunki ularning uyi Oq uy, deb javob bergan. 
Prezidentning ma'lum qilishicha, Maliya kollejga qatnaydi, Sasha esa hali yosh.

 

Top