17:34 / 07.12.2016
4550

Parijda havoning kuchli ifloslanishi qayd etildi

Foto: news.sky.com

Fransiya poytaxti Parij shahrida so‘nggi 10 yil ichida havoning ifloslanish darajasi eng yuqori miqdori qayd etildi, deb xabar beradi Sky News.

Zaharli havo transport vositalari, shuningdek o‘rmon yong‘inlari oqibatida yuzaga kelgan.

Shahardagi jamoat transportlari ikki kundan beri bepul xizmat ko‘rsatmoqda.

O‘z avtomobilidan esa faqatgina toq sonli mashina raqami borlar, ichida uch kishigacha bo‘lgan transport vositalari hamda elektrli yoki gibridli dvigatelga ega bo‘lgan mashina egalari foydalanishi mumkin.

The Local’ning yozishicha, Parijdagi havo zaharligi jihatidan bir xonada sakkizta kashanda bilan yonma-yon o‘tirgan holatdadir.
 

Top