O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilk rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘ladi. Bu haqda "Izvestiya" gazetasi yozmoqda.
"O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining ilk rasmiy tashrifini Rossiyaga uyushtiradi", — deb yozmoqda nashr O‘zbekiston hukumatining yuqori martabali manbasiga asoslangan holda.
Bundan tashqari, RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov gazetaga aytishicha, Kreml bu tashrifni yuqori baholaydi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 4 dekabr kuni O‘zbekistonda o‘tkazilgan prezident saylovida 88, 61 foiz ovoz to‘plab, g‘olib bo‘lgan edi.