20:52 / 08.12.2016
36432

Hayotning yuqori darajasi: Dubay shahzodasidan yangi video

Dubayning merosxo‘r shahzodasi Hamdan ibn Muhammad al Maqtub dunyodagi eng baland binolardan birining tomida olgan videosini Instagram’ga joyladi.

Fantastik videorolikdagi tasvirlar kishini hayajonga soladi. Unda shahar uzra yoyilgan bulutlarni, ularni yorib chiqqan binolarni ko‘rish mumkin. 

Shahzoda Hamdan o‘zining yorqin hayot kechirish yo‘li bilan allaqachon mashhurlashib ulgurgan. U parashyutdan sakraydi, dayving, baliq ovlash bilan shug‘ullanadi, lochin bilan ov qiladi, snoubording, velosport uning eng sevimli mashg‘ulotlari sirasiga kiradi. U bo‘sh vaqtlarida Fazza taxallusi ostida she'rlar bitadi. U boqayotgan hayvonlar orasida oq yo‘lbars va sherlar bor.
 
Shahzoda uylanmagan. Uning farzandlari yo‘q.

Top