17:31 / 08.12.2016
4472

«Barselona» qishda futbolchi sotib olmaydi

«Barselona» qishki transferlar darichasi vaqtida tarkibni yangi futbolchi bilan kuchaytirish haqida o‘ylamayapti.

Sport.es xabariga ko‘ra, ushbu tashabbus kataloniyaliklar klub rahbariyati tomonidan bildirilgan va bosh murabbiy Luis Enrike tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Shuningdek, ko‘k-anorranglilar jamoasi Aleiks Vidalni sotish fikridan ham qaytgani aytilgan.

Yozgi transferlar vaqtida sotib olingan ushbu futbolchi joriy mavsumda hozircha faqat bir marta maydonga tushdi.

Top