10:45 / 08.12.2016
11144

«Borussiya» «Real» bilan uchrashuvda YeChL rekordini qayd etdi

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Marko Roysning YeChL guruh bosqichi 6-turidagi «Real»ga qarshi kechgan uchrashuvda (2:2) urgan goli nemislar jamoasi uchun ushbu bosqichdagi 21-golga aylandi.

Shu tariqa, «Borussiya» Chempionlar ligasining guruh bosqichida urilgan gollar bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

«Borussiya» avvalgi turlarda «Legiya»ni 6:0 va 8:4, «Sporting»ni 2:1 va 1:0 hisoblarida yenggan, «Real» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagandi.

Ma'lumot uchun, «Real» (2013/14-mavsum), «Barselona» (2011/12-mavsum, 2016/17-mavsum) va «Manchester Yunayted» (1998/99-mavsum) klublari bitta bosqichda 20 gol urib bir xilda eng yaxshi natijalarni qayd etib turishgandi.

Top