17:01 / 09.12.2016
8259

10 dekabr O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi ma'lum qilindi

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 10 dekabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 1 daraja sovuq, 1 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja sovuq, Navoiy viloyati shimolida 8-10 darajagacha sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Havo harorati kechasi va kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.

 

Mavzuga oid
Top