15:52 / 09.12.2016
13306

Agent dunyo futbolidagi eng ko‘p maoshni kim olishini aytdi

Ispaniyaning “Real” futbol klubining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2015 yilda 227 million yevro ishlab topdi. Uning daromadi haqidagi ma'lumotlar o‘yinchining agenti Jorjye Mendesh kompaniyasining rasmiy saytida chop etilgan.

Avvalroq, Germaniyaning “Shpigel” nashri Ronaldu bir necha yil davomida Virgin orollaridagi ofshor firmalardan foydalangani, ularning yordamida o‘nlab million yevro mablag‘ni soliqlardan yashirgani haqida xabar bergandi. Futbolchi reklamadan topilgan 75 million yevroni firma ma'lumotlari yordamida o‘tkazgan bo‘lishi mumkin.

“Ushbu hujjat soliq organlari Ronalduning aktivlari va daromadlari haqida barcha ma'lumotga ega ekanidan dalolat beradi, - deyiladi xabarda. – O‘yinchi barcha davlatlardagi professional faoliyati boshidan barcha soliq majburiyatlaridan xabardor bo‘lgan. Unda hech qachon soliq idoralari bilan muammolar bo‘lmagan. Bu holatda Ronaldu va uning vakillari hukumat bilan hamkorlik qilishga tayyor”.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Ronalduning ehtimoliy soliq nayranglariga nisbatan surishtiruv jarayoni hamon davom etmoqda.

Mavzuga oid
Top