23:36 / 09.12.2016
10322

Daniyalik kishi Apple'ga qarshi sud ishida g‘olib bo‘ldi

Foto: Reuters

Daniyada yashovchi David Lyusgor Amerikaning Apple kompaniyasiga qarshi sud ishida  g‘olib bo‘ldi. The Local shu haqida ma'lum qildi

Glostrup okrug sudi Apple kompaniyasi iste'molchiga yangi iPhone qurilmasi o‘rniga qayta tiklangan smartfonni sotgani uchun mahalliy qonunchilikni buzgan deb hisoblab, hukm chiqardi. 

Lyusgorning Apple kompaniyasi bilan kurashi 5 yil davom etdi. 2011 yilda u kompaniya saytidan 4,4 ming Daniya kroniga (taxminan 626 dollar) iPhone 4 qurilmasini xarid qilgan. Apple telefonni almashtirib berishga rozi bo‘lgan, biroq mijozga zavoddan yangi chiqqan model o‘rniga "yangi qurilmadek yaxshi holatda bo‘lgan" qayta tiklangan iPhone taqdim etilgan. 

Lyusgor oktabr oyida bergan intervyusida ikkinchi qurilma yaxshi ishlaganini tan olgan. Shunday bo‘lsa-da, unga avval iste'molda bo‘lgan detallardan yasalgan telefon berilganligi yoqmagan. Uning shikoyati dastlab iste'molchilar shikoyatini o‘rganuvchi idorada ko‘rib chiqilgan, keyin esa sudgacha yetib borgan. 

9 dekabr, juma kuni sud Lyusgorni yoqlab hukm chiqardi. 

 

Mavzuga oid
Top