12:48 / 09.12.2016
6663

Maykl Jordan Xitoydagi yirik sud mojarosida g‘olib chiqdi

Basketbolchi Maykl Jordan Xitoy oliy xalq sudida Qiaodan Sports sport kiyimlari ishlab chiqaruvchisiga qarshi o‘z nomidan noqonuniy ravishda foydalanish bo‘yicha ishda g‘olib chiqdi, deb yozadi Bloombeg.

Sud Xitoy kompaniyasiga basketbolchi ismini brendda qo‘llashni taqiqlab qo‘ydi. Qiaodan – Jordan familiyasining xitoycha transkripsiyasidir, deb aniqlik kiritgan nashr.

«Xitoylik iste'molchilar Qiaodan Sports va uning mahsulotlari menga hech qanday aloqasi yo‘qligini bilishga haqlilar», - ta'kidlab o‘tdi Maykl Jordan.

Sport kiyimlari ishlab chiqaruvchisi sud qarorini bajarishga va'da qildi, deb xabar berdi Bloombeg.

Ma'lumot uchun, basketbolchi 2012 yilning fevralida Qiaodan Sports’ni o‘z nomidan noqonuniy ravishda foydalangani uchun litsenziyasini olib qo‘yishni talab qilib sudga bergan. O‘tgan vaqt davomida sudlar uch marotaba Qiaodan Sports foydasiga qaror chiqargandi.
 

Mavzuga oid
Top