10:05 / 09.12.2016
6543

Micromax o‘zining ikkita yangi smartfonini taqdim etdi

Foto: Micromax

Dekabr so‘ngida Micromax kompaniyasining ikkita yangi - Bolt Warrior 2 va Canvas Juice A1 smartfonlari sotuvga chiqadi.

Micromax Bolt Warrior 2 1280 x 720 pikselli besh dyuymli displeyga ega bo‘ldi. U Qualcomm Snapdragon 210 tizimida ishlaydi. Tezkor xotirasi 1 GB, doimiy xotirasi esa 8 GBni tashkil etadi. Akkumulyator sig‘imi 2000 mA•s bo‘lib, suhbat rejimida 12 soatga yetadi. Kameralar 5 va 2 Mp. Qurilma LTE tarmog‘ida ishlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Micromax Canvas Juice A1 ham xuddi shunday xarakteristkaga ega, faqat ikki joyi farq qiladi: uning asosiy kamerasi 8 Mp va akkumulyator sig‘imi 4000 mA•s.

Qurilmalar ikkita SIM-kartani va 32 GB hajmga ega microSD xotira kartasini qabul qila oladi. Ular Android 6.0 Marshmallow tizimida ishlaydi.


 

Top