15:51 / 09.12.2016
7206

Moskitlarga qarshi kurashishda yangi mahsulot ishlab chiqildi

Foto: BBC

Vanderbilt universiteti olimlari moskitlarga (chivinlarning asosan janubiy mamlakatlarda uchraydigan bir turi) qarshi yangi modda ishlab chiqishdi. Uning ta'sirida hasharotlar peshob qila olmaydi, shu sababli yorilib o‘ladi. Ushbu tadqiqot haqidagi maqola Scientific reports jurnalida chop etilgan.

Bir necha o‘n yillar mobaynida insoniyat moskitlarni batamom yo‘qotish ustida bosh qotirib, turli xil kimyoviy moddalarni ishlab chiqarganiga qaramay, hasharotlar miya faoliyatiga ta'sir qiluvchi moddalarga tezda ko‘nikma hosil qilishgan. Biroq, yangi modda buyraklar faoliyatini izdan chiqaradi. 

Moskitlarning ovqat hazm qilish tizimi shunday tuzilganki, ular qonni so‘rib olgach, ortiqcha suyuqlik tezlik bila chiqarib yuboriladi. Aks holda, ularning jismi qon tarkibidagi zaharli tuzlar ta'sirida o‘ladi. 

VU041 deb nomlangan kimyoviy birikma moskitlarda peshob ishlab chiqarishni kamaytiradi. Qonni so‘rgach, hasharotlarning vazni 2-3 marta ortadi. Suyuqlikni ortiqchasini chiqara olmagach, portlaydi. 

Moskitlar turli xil xavfli kasalliklar, jumladan bezgak va Zika virusi tashuvchilari hisoblanadi. Ularning sonini kamaytirish ko‘plab insonlarning umrini saqlab qolishga yordam bergan bo‘lar edi. 

Top