10:20 / 09.12.2016
93388

Ryazanda besh nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Foto: ntv.ru

Rossiyaning Ryazan viloyatidagi «Kaspiy» trassasida yuz bergan dahshatli YTHda besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Life xabar bermoqda

Ryazan viloyatidagi M-6 «Kaspiy» trassasining 268-kilometrida Volkswagen Jetta avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotadi va MAN rusumli benzovozga borib uriladi. To‘qnashuvda yengil mashina salonida bo‘lgan besh kishi halok bo‘lgan. Ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari, deyilmoqda xabarda. 

Avariya vaqtida benzavozda 40 kub benzin bo‘lgan. Yong‘in kelib chiqmagan. Yuk mashinasi haydovchisiga zarar yetmagan.

Top