08:31 / 09.12.2016
9255

Tramp Xitoyni bozor iqtisodiyoti qoidalariga amal qilishga majburlamoqchi

© AFP 2016/ Saul Loeb

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp payshanba kuni Xitoyni bozor iqtisodiyoti qoidalariga amalga qilishiga majburlashi haqida va'da berdi.

"Xitoyda bozor iqtisodiyoti yo‘q", - dedi Tramp Ayova shtatidagi tarafdorlari oldida chiqish qilib.

U Pekin o‘z milliy valyutasi bilan manipulyatsiya qilayotganini yana bir bor takrorladi. "Biz ularni qoidalarga amal qilgan holda harakat qilishlariga majburlaymiz", - degan Tramp.

Shu bilan bir qatorda, u AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning muhimligini ham ta'kidlab o‘tdi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, "ularni yaxshilash lozim".

Shuningdek, Tramp ommaga Ayova shtati gubernatori Terri Brendstedni AQShning Xitoydagi yangi elchisi deb tanishtirgan. "Bu insonni men Xitoydagi elchi lavozimiga tanladim", - dedi u.
 

Top