14:26 / 10.12.2016
10689

APL, 15-tur anonsi. "MYu" – "Tottenhem", "Lester" – "Manchester Siti" va turning boshqa muhim o‘yinlari

Bugun, 10 dekabr kuni APLning 15-turi start oladi. Turning markaziy o‘yini "Old Trafford"da bo‘lib o‘tadi va unda mezbon "Manchester Yunayted" "Tottenhem"ni qabul qiladi. Manchester Siti" amaldagi chempion "Lester"ning uyiga safar qiladi. Quyida sizlarni turning eng qiziq o‘yinlari anonsi bilan tanishtiramiz. 

 

“Arsenal” – “Stok Siti” (Match! Futbol 1, Uzreport TV)

Musobaqa jadvalida 2-o‘rinni band qilgan “Arsenal” 15-tur o‘yinini o‘z uyida o‘tkazadi. Chempionlik uchun kurash olib borayotgan Arsen Venger shogirdlari 4 o‘yindan beri safar o‘yinlarida mag‘lub bo‘lmayotgan “Stok Siti”ga qarshi bahs olib boradi. 
O‘yin 10 dekabr, soat 20.00da “Emireyts” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. 

So‘nggi 3ta o‘yin natijasi
Stok Siti – Arsenal 0:0
Arsenal – Stok Siti 2:0
Arsenal – Stok Siti 3:0

 

“Lester” – “Manchester Siti” ( Match TV, Uzreport TV)

Asosiy e'tiborini Chempionlar ligasiga qaratgan APLning amaldagi chempioni joriy mavsumdagi safar o‘yinlarida faqatgina bir marotaba mag‘lub bo‘lgan “Manchester Siti”ni qabul qiladi. 
O‘yin 10 dekabr, soat 22.30da “King Pauer” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. 

So‘nggi 3ta o‘yin natijasi
Manchester Siti – Lester 1:3
Lester – Manchester Siti 0:0
Manchester Siti – Lester 2:0

 

“Chelsi” – “Vest Bromvich” (Match! Futbol 1)

APLda yakka peshqadam bo‘lib olgan “Chelsi” musobaqa jadvalida 7-pog‘onani egallab tergan “Vest Bromvich”ni qabul qiladi. Joriy mavsumning uy o‘yinlarida faqatgina “Liverpul”ga mag‘lub bo‘lgan “Chelsi” “Vest Bromvich” bilan so‘nggi 5ta o‘yinda 2 g‘alaba, 2 durang va 1ta mag‘lubiyatni qabul qilishgan. 
O‘yin 11 dekabr, soat 17.00da “Stemford Brij” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. 

So‘nggi 3ta o‘yin natijasi
Chelsi – Vest Bromvich 2:2
Vest Bromvich – Chelsi 2:3
Vest Bromvich – Chelsi 3:0

 

“Manchester Yunayted” – “Tottenhem” (Match! Futbol 1, Uzreport TV)

Turnir jadvalida yonma-yon borayotgan klublar (“Manchester Yunayted” 6-o‘rin, “Tottenhem” 5-o‘rin) o‘rtasidagi farq 6 ochkoni tashkil qilsa-da, hujumkor tarkibga ega bo‘lgan klublar o‘rtasidagi uchrashuv turning markaziy o‘yini ekaniga shubha yo‘q. 
O‘yin 11 dekabr, soat 19.15da “Old Trafford” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. 

So‘nggi 3ta o‘yin natijasi
Tottenhem – Manchester Yunayted     3 : 0
Manchester Yunayted – Tottenhem     1 : 0
Manchester Yunayted – Tottenhem     3 : 0

 

“Liverpul” – “Vest Hem” (Match! Futbol 1, Uzreport TV)

“Chelsi” va “Arsenal” ortidan ta'qib qilib kelayotgan “Liverpul” o‘z uyida musobaqa jadvalining quyi qismida borayotgan “Vest Hem”ni qabul qiladi. Yurgen Klopp shogirdlari “Vest Hem”ga qarshi kechgan barcha musobaqalardagi so‘nggi 5ta o‘yinda faqatgina 1 marotaba g‘alaba qozongan. 

So‘nggi 3ta o‘yin natijasi
Vest Hem – Liverpul 2:1
Liverpul – Vest Hem 0:0
Vest Hem – Liverpul 2:0
O‘yin 11 dekabr, soat 21.30da “Enfild Roud” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. 

Top