12:04 / 10.12.2016
37265

Hasanboy Do‘smatov "Yilning eng yaxshi bokschisi" deb topildi

Avval xabar berganimizdek, Xalqaro Boks Assotsiatsiyasi (AIBA) yilning eng yaxshi bokschisini aniqlash uchun Twitter ijtimoiy tarmog‘i orqali so‘rovnoma e'lon qilgan edi. Unga ko‘ra, uch nomzod boks bo‘yicha yilning eng nufuzli sovriniga da'vogarlik qilayotgandi, deb xabar qilmoqda Sports.uz sayti.

- Hasanboy Do‘smatov – Rio 2016 Olimpiada o‘yinlarining oltin medal sohibi (O‘zbekiston)

- Robeysi Ramires – Rio 2016 Olimpiada o‘yinlarining oltin medal sohibi (Kuba)

- Daniyar Yeleussinov - Rio 2016 Olimpiada o‘yinlarining oltin medal sohibi (Qozog‘iston)

Biroz avval yakuniga yetgan so‘rovnomada barcha to‘plangan ovozlarning 77 foizini qo‘lga kiritgan hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov “Yilning eng yaxshi bokschisi” sovriniga loyiq deb topildi.

Skrinshot: Twitter/AIBA_Boxing

Agar, Xalqaro Boks Assotsiatsiyasi (AIBA) “yilning eng yaxshi bokschisi”ni aniqlash uchun qayta so‘rovnoma o‘tkazmasa, sovrin joriy yilning 20 dekabr kuni Hasanboy Do‘smatovga topshiriladi (chunki so‘rovnomada dunyo bo‘ylab 1,234 nafar foydalanuvchi ishtirok etgan, xolos).

Eslatib o‘tamiz, Hasanboy Do‘smatov Braziliyada bo‘lib o‘tgan Olimpiadada 49 kg.gacha vazn toifasida kolumbiyalik Yuberxen Martines Rivasni yengib, oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. 

Biroz avvalroq, Hasanboy Do‘smatov va boks murabbiyi Ravshan Xadjayev "Oltin Mangust" xalqaro mukofotiga loyiq topilgan edi.

Top