20:17 / 10.12.2016
3938

BMT: Halabning sharqiy qismidan kelgan kamida 35 ming kishi boshqa tumanlardan boshpana topdi

Foto: AFP

Halabning sharqiy qismidan kelgan kamida 35 ming kishi Suriyaning ushbu shahri boshqa tumanlaridan boshpana topishdi. Bunday ma'lumot BMTning gumanitar masalalarni o‘zaro muvofiqlashtirish Boshqarmasi tomonidan e'lon qilindi.

"Ayni damda Sharqiy Halabdan kelgan 35 ming kishi shaharning boshqa tumanlarida bo‘lib turibdi. Taxminlarga ko‘ra, ularning yarmi umumiy boshpanalarga joylashtirilgan", - deyiladi xabarda. 

Shu bilan bir qatorda, "Shayx-Maqsud tumanida bo‘lgan 8,5 ming kishi o‘z uylariga qaytib ketishgan. U yerlar hozir kurdlar nazoratida" ekani ham ta'kidlab o‘tildi.

Xabarlarga ko‘ra, Suriya hukumati ayni damda Halabning 93 foiz hududini nazorat qilmoqda. 
 

Top