16:31 / 10.12.2016
10986

Erdo‘g‘an: Nima uchun biz qarz olishimiz kerak? Bizda bunday muammolar yo‘q 

Foto: Anadoglu

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mintaqaning rivoji mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligini ma'lum qildi.

«Biz necha bora mintaqadagi rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi Turkiyaning muvaffaqiyatiga aloqador ekaniga guvoh bo‘lganmiz. Albatta, bunday bog‘liqlikda bizning mamlakatga katta majburiyat yuklatiladi. Biroq bu Turkiya uchun sharafdir», - dedi davlat rahbari.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, davlat tuzilmalari va mahalliy kompaniyalar o‘z faoliyatini ushbu omillar va yangilanishlarga e'tibor qaratgan holda olib borishlari kerak.

Prezidentning eslatishicha, Adolat va rivojlanish hukmron partiyasi hukumat tepasiga kelganida mamlakatning XVJdan qarzi 22,5 milliard dollarni tashki qilib, Turkiya Markaziy banki valyuta zaxiralari esa 27,5 milliard dollar darajasida bo‘lgan.

«O‘tgan yillar davomida biz XVJ oldidagi qarzdorlikdan qutuldik, Markaziy bank esa mustahkam pozitsiyalarga ega bo‘ldi. Yangi kredit bitimlari va XVJdan qarz olishni maslahat berayotganlar o‘z vatanini sotmoqda. Nima uchun biz qarz olishimiz kerak? Bizda bunday muammolar yo‘q», - ta'kidlab o‘tdi Erdo‘g‘an. 

Top