21:42 / 10.12.2016
5357

Qirg‘iziston MSK referendum o‘tkazishga tayyorligini ma'lum qildi

Qirg‘iz respublikasi Markaziy saylov komissiyasi rahbari Nurjan Shayldabekova davlat rahbari Almazbek Atambayevga, barcha saylov uchastkalarining umumxalq referendumi o‘tkazishga shayligini ma'lum qilgan. Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda respublika Asosiy qonunini o‘zgartirish bo‘yicha referendum va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati. 

2010 yilda o‘sha vaqtdagi prezident Kurmanbek Bakiyev tuzumi ag‘darilganidan keyin qabul qilingan konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha umumxalq referendumi 11 dekabrda bo‘lib o‘tadi. O‘zgartishlar mualliflarining qayd etishlaricha, asosiy maqsad hokimiyat organlari o‘rtasidagi o‘zaro muvozanatni ta'minlash va mamlakatda parlament hokimiyatini mustahkamlashdan iborat. 


 

Top