20:45 / 10.12.2016
4993

Tramp Shvartsenegger bilan bir shouda ishlashi haqidagi masalaga oydinlik kiritdi

Foto: EPA

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘zining tvitterida The Celebrity Apprentice realiti-shousida ishtirok etishi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Mening Apprentice’ga hech qanday aloqam yo‘q. Uni Mark B. bilan o‘ylab chiqqandik, xolos. Men unga vaqtimni sarflab o‘tirmayman” - deb yozgan u.

Shuningdek, Tramp shouda Arnold Shvartsenegger bilan birga ishtirok etishi haqidagi mish-mishlarni “kulguli va noto‘g‘ri” deb atagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning saylangan prezidenti realiti-shou prodyuseri bo‘lishi xabar qilingandi.
 

Top