13:13 / 10.12.2016
6784

O‘zbekiston va Qozog‘iston ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Foto: Gazeta.uz

2016 yilning 8-9 dekabr kunlari Toshkent shahrida suv bilan bog‘liq munosabatlarning barcha yo‘nalishlarida hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasiga Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Shavkat Xamrayev hamda Qozog‘iston delegatsiyasiga Qishloq xo‘jaligi vazir o‘rinbosari Yerlan Nisanbayev boshchilik qildi.

Muzokaralar chog‘ida yaqinda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi O‘zbekiston-Qozog‘iston muloqotlari davomida erishilgan kelishuvlar nuqtai nazaridan suv masalalari bo‘yicha ikki mamlakat hamkorligining amaliy jihatlari do‘stona va konstruktiv ruhda muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra tegishli Bayonnoma imzolangan. Ishchi guruhlarning navbatdagi uchrashuvi Qozog‘iston hududida bo‘lib o‘tishi xabar qilingan.
 

Top