17:06 / 11.12.2016
22668

Hindistondagi shtat rahbari vafotidan qayg‘uga botgan 470 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Hindistonda Tamilnad shtati rahbari Jayaram Jayalalita o‘limidan qayg‘uga botgan 470 nafar kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida "Annadurai nomidagi Hindiston dravid taraqqiyot federatsiyasi" siyosiy partiyasining Twitter'ida ma'lum qilindi

"Inqilob yetakchisining o‘limini ko‘tara olmay, jami 470 nafar kishi hayotdan ko‘z yumdi. Vafot etgan kishilarning oilasiga 300 ming rupiy miqdorida yordam puli ajratiladi", - deyiladi xabarda. 

"Annadurai nomidagi Hindiston dravid taraqqiyot federatsiyasi" ham o‘z-o‘zini yoqib yuborishga uringan partiya a'zosi va barmog‘ini kesib tashlagan yana bir shaxsga 50 ming rupiy to‘laydigan bo‘ldi. Huffington Post'da yozilishicha, shtat rahbarining o‘limidan ko‘pchilik qayg‘uda. 

Jayaram Jayalalita uzoq yillar davomida Tamilnad shtati bosh vaziri lavozimini egallab, Hindiston parlamenti yuqori palatasining a'zosi, "Annadurai nomidagi Hindiston dravid taraqqiyot federatsiyasi" yetakchilaridan biri bo‘lgan. U o‘z faoliyatini kino aktrisasi sifatida boshlagan, keyinchalik esa mamlakatning eng taniqli siyosatchilaridan biriga aylangan. Jayalalita 5 dekabrda Chennai shahrida yurak xuruji tufayli hayotdan ko‘z yumdi. 

 

Top