21:37 / 11.12.2016
6166

Misr politsiyasi mamlakatdagi barcha cherkovlarni o‘z himoyasiga oldi

Foto: Reuters

Misr politsiyasi Qohira markazidagi koptlar soborida portlash yuz berganidan keyin xavfsizlik choralarini kuchaytirdi va mamlakatdagi barcha cherkovlarni o‘z himoyasiga oldi. Bu haqida TASS nashri xabar berdi

Manbaga ko‘ra, portlashdan keyin uyushtirilgan namoyish ishtirokchilari xavfsizlik xodimlari xizmatidan norozi bo‘lishgan. 

Misr sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, Qohiradagi kopt cherkovidagi portlash qurbonlarining soni 23 kishini tashkil qilgan, 49 kishi jarohat olgan. 

Eslatib o‘tamiz, 11 dekabr, yakshanba kuni Qohiradagi koptlar cherkovida portlash sodir bo‘ldi.

 

Top