18:35 / 12.12.2016
6343

Haaga YeIning Ukraina bilan bitimidan harbiy va moliyaviy yordamni olib tashlashni talab qilmoqda

Foto: EPA

Haaga YeIning Ukraina bilan assotsiatsiya haqidagi Bitimi Kiyevga yangi harbiy va moliyaviy yordam bermaslikni ko‘zda tutishi kerakligini talab qilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi. Haaga tomonidan YeIning Ukraina bo‘yicha sammiti 15-16 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi hamda u Niderlaniyaga assotsiatsiya haqidagi bitimni ratifikatsiya qilish imkonini beradi. 

"Gollandiya bosh vaziri Mark Ryutte Ukraina bilan yanada mustahkam aloqalar haqidagi hamjamiyat yangi kelishuvi o‘z ichiga yangi moliyaviy yoki xavfsizlik sohasidagi majburiyatlarni olmasligini istamoqda. U YeI yetakchilari bu haqda ma'lum qilishlaridan umidvor", - ta'kidlab o‘tgan agentlik.

Niderlandiyada YeI va Ukraina o‘rtasidagi assotsiatsiya haqidagi Bitimni ratifikatsiya qilish bo‘yicha referendumda ovoz beruvchilarning 60 foizi hujjatni tasdiqlashga qarshi chiqishgan. Referendum tavsiyaviy xarakterda bo‘lsa ham, endilikda golland hukumati Bitim talablarini o‘zgartirish harakatida yuribdi. Hujjat referendum natijalarini hisobga olgan holda ratifikatsiya qilinishi ham mumkin. Haaga YeIning 15-16 dekabr kunlaridagi sammitiga qadar o‘z takliflarini bildirishi lozim. 

Ma'lumot uchun, ayni damda Bitim YeI 28 davlatining 27 tasi tomonidan ratifikatsiya qilingan. Avvalroq, Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk kelishuv matni qayta ko‘rib chiqilmasligini ma'lum qilgandi.

Top