07:41 / 12.12.2016
34782

«Aeroflot» samolyoti parvozdan so‘ng Toshkentga qaytishga majbur bo‘ldi

Foto: Getty Images

Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasining SU1871 «Toshkent-Moskva» yo‘nalishi bo‘yicha qatnovini amalga oshirayotgan samolyot havoga ko‘tarilgach, ko‘p o‘tmay, O‘zbekiston poytaxtiga qaytib qo‘ndi. Bu haqda Gazeta.uz sayti xabar qilmoqda. 

A330 havo layneri Toshkentdan shundoq ham bir soat kechikib, soat 4:30 o‘rniga 5:35da havoga ko‘tarilgan. Kutish kengligida ruxsatni kutgan samolyot 6:05da aeroportga qo‘ngan. 

Ekipaj a'zolari havo laynerining ortga qaytishiga parvoz chog‘ida kuzatilgan nosozlikni aytishgan. Ayni vaqtda, yo‘lovchilar kutish zaliga keltirilgan. Uning parvoz qilish vaqti noma'lum. 

 

Top