19:18 / 12.12.2016
18759

Blatter jiddiy bayonot bilan chiqdi

FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter Mishel Platini nega tashkilotda o‘z o‘rniga kela olmagani haqida gapirib o‘tdi.

«Men hech kimni aldamadim. Bu kelishilgan ish. Ammo unga xalal bergan odam men emasman. Platini shuning uchun FIFA prezidenti bo‘lmadiki, u AQSh 2022 yilgi JCh mezbonligini qo‘lga kirita olmagani uchun javobgardir.

Mishel hali qaytishi mumkin. U mendan 20 yosh kichik. Vaqt uchib o‘tmoqda. Uning diskvalifikatsiyasida 3 yil ortiqcha.

Men hamisha JCh-2018 Rossiyada, JCh-2022 esa AQShda bo‘lishiga umid qilardim. Biz diplomatik yo‘l tutishimiz mumkin edi.

Ammo Platini Fransiyaning avvalgi prezidenti Nikolya Sarkozi hamda Qatar amiri bilan uchrashganidan keyin [2010 yilning 23 noyabri] u aytgandi: «Mendan Fransiya manfaatlari uchun ovoz berishimni so‘rashdi. Mening guruhim ijro qo‘mitasida qabul qilingan qaror uchun ovoz bermaydi».

Bu gapdan men karaxt ahvolga tushgandim.

2010 yilgi JCh bilan ham shunday bo‘lgandi. Jak Shirak Platiniga aytgan: «Siz JAR uchun ovoz bermaysiz, biz Marokash bilan yaqinmiz».

JCh-2022 mezbonligi Qatarga ketganini konvert ochilishidan oldin bilardim», – deya Blatterning so‘zlarini keltirgan Le Figaro.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning dekabrida Blatter va Platini 8 yil muddatga futbol faoliyatidan chetlatilgandi.

2016 yilning fevralida ikki amaldorning ham diskvalifikatsiyasi 6 yilgacha qisqartirildi. Aprelda esa Platinining apellyatsiyasi asosida uning diskvalifikatsiyasi muddati 4 yilga tushdi.

Top