22:22 / 12.12.2016
10030

BMTning yangi bosh kotibi qasamyod qabul qildi

Foto: © AFP

Antoniu Guterresh BMT bosh kotibi sifatida qasamyod qabul qildi. Rasmiy marosim 12 dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida bo‘lib o‘tdi.

BMT Bosh Assambleyasi 13 oktabr kuni Antoniu Guterreshni tashkilot bosh kotibligiga tasdiqlagan edi. U 2017 yilning 1 yanvaridan o‘z ishiga kirishadi.

Guterresh 1995 yildan 2002 yilga qadar Portugaliya bosh vaziri bo‘lgan, 2005 yildan 2015 yilga qadar qochqinlar masalasi bo‘yicha BMT bosh komissari bo‘lib ishlagan.

Top