16:53 / 12.12.2016
5476

Parlamentlarni boshqarayotgan ayollar soni deyarli uch barobarga oshdi

Dunyo miqyosida parlamentlardagi ayol spikerlar soni 2005 yildan buyon 19 nafardan 52 nafarga oshdi. Bu haqida dushanba kuni BAA poytaxtidagi Parlamentlarning ayol spikerlari xalqaro forumi ochilishida parlamentlararo ittifoq prezidenti Sobir Shudriy ma'lum qildi. 

U endilikda parlamentariylar hukumatlar uchun global kun tartibini belgilab berishini ma'lum qildi. Bundan tashqari, forum ishtirokchilari oldida parlamentlararo, shuningdek qonunchilik va ijro hokimiyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun "yo‘l xaritasi"ni tuzish vazifasi turganini ta'kidladi.

Dushanba kuni Abu-Dabida ikki kunlik XI Parlamentlarning ayol spikerlari xalqaro forumi o‘z ishini boshladi. Unda 50ga yaqin qonunchilik yig‘inlari va parlamentlararo birlashmalar rahbarlari ishtirok etishdi. Shu bilan birga forumda olima, siyosatchi va tadqiqotchi ayollar ham qatnashishdi. 

 

Top